CAU VolunteersVolontyorlar kerak
Tashkilotchilarga

Tadbiringiz uchun volontyorlar jamoasini yig‘amiz

Konsertlar, forumlar, ko‘rgazmalar, sport va xalqaro tadbirlar uchun volontyorlarni tanlaymiz, tayyorlaymiz va muvofiqlashtiramiz. 2024-yildan beri 150 dan ortiq tadbir o‘tkazdik.

Volontyorlarimiz nimalarni bajaradi

Mehmonlar oqimi va maydondagi tartib tayanadigan rollarni yopamiz.

Ro‘yxatga olish va akkreditatsiya

Ishtirokchilarni kutib olish, beyjlar, mehmonlar ro‘yxati.

Kirish va chiptalar

Elektron chiptalarni skanerlash, kirishni nazorat qilish.

Yo‘l ko‘rsatish va joylashtirish

Mehmonlarni kuzatib borish, zalda joylashtirish, VIP bilan ishlash.

Delegatsiyalar va Welcome Desk

Mehmonxonalarda navbatchilik, joylashuv, mehmon va tashkilotchi o‘rtasida aloqa.

Avtosportda marshallar

Trassa xavfsizligi, bayroqlar, xronometraj, paddokda tartib.

Stendlar va forumlar

Stendlarda ishlash, viktorinalar, spikerlar va panellarni kuzatib borish.

Suratga olish va TV

Ommaviy sahnalar va suratga olish guruhiga yordam.

Shoshilinch tanlov

Rejalar o‘zgarganda tadbirdan bir kun oldin jamoa.

Biz nima qilamiz

  • Telegram kanalimizda tanlov e’lon qilamiz va talablaringizga mos nomzodlarni tanlaymiz
  • Smenadan oldin yo‘riqnoma o‘tkazamiz
  • Maydonga koordinator yoki supervayzer qo‘yamiz
  • Tadbirdan keyin hisobot yuboramiz: necha kishi chiqdi, soatlar, izohlar

Odatda hamkor volontyorlarni ovqat va sertifikatlar bilan ta’minlaydi. Qolgan shartlarni har bir tadbir uchun alohida kelishamiz.

Qanday ishlaymiz

Arizadan hisobotgacha. Shoshilinch jamoani tadbirdan bir kun oldin yig‘a olamiz.

  1. Ariza

    Saytda ariza qoldiring yoki bizga Telegramda yozing.

  2. Brif

    Vazifalar, odamlar soni, smenalar va talablarni kelishamiz.

  3. Tanlov

    Tanlov e’lon qilamiz va odamlarni saralaymiz. Bitta tadbirga odatda 100 dan ortiq ariza keladi.

  4. Maydondagi ish

    Smenadan oldin yo‘riqnoma, joyda koordinatorimiz yoki supervayzerimiz ishlaydi.

  5. Hisobot

    Natijalarni yuboramiz: kim chiqdi, necha soat, nimani yaxshilash mumkin.

Loyihalar

Jamoaning oylik hisobotlaridan 2026-yilgi bir nechta loyiha.

Xalqaro olimpiada

IOI 2026, Informatika bo‘yicha 38-xalqaro olimpiada

Toshkent · 8–17-avgust · Raqamli texnologiyalar vazirligi

6 ta mehmonxona va CAU yotoqxonasida kecha-kunduz navbatchilik bilan Welcome Desk, shuningdek CAU maydonida Tech Talks. 97 dan ortiq davlatdan ishtirokchilar.

16volontyor, 10 kunlik navbatchilik
Konsert

BOJALAR SHOW

Humo Arena · 18-sentabr · Mstar Co.

Bitta yetti soatlik smenada chiptalarni tekshirish, mehmonlarni muvofiqlashtirish va joylashtirish.

62volontyor bir kechada
Konsertlar seriyasi

Candle Fire

Ekopark, «Turkiston», Humo Arena, JW Marriott · Show Go, Bravo Orchestra

Har bir konsert uchun alohida jamoa: chiptalar, joylashtirish, shamlar. Tanlov ko‘pincha bir kun oldin e’lon qilingan.

18konsert avgust va sentabrda
Hududiy tur

XCHO turi

Farg‘ona, Samarqand, Buxoro · 21–25-avgust · Sxodim.uz

Uch shaharda alohida jamoalar: ochiq amfiteatrlarda chiptalarni tekshirish va joylashtirish.

70volontyor uch shaharda
Davlat forumi

Digital Investment Forum 2026

CAEx · 23-sentabr · ICT Week Uzbekistan

Raqamli texnologiyalar vazirligi uchun mehmonlar va investorlar bilan panel muhokamasini kuzatib borish. Volontyorlarda chet tili B1 dan.

17volontyor, bir kunda tanlov
Avtosport

UzMAMF musobaqalari

Olimpiya shaharchasi, Surum qishlog‘i · avgust–sentabr

Asia Auto Gymkhana, O‘zbekiston drift chempionati va karting-slalomda marshallar: trassa xavfsizligi, bayroqlar, natijalarni qayd etish.

26marshal uchta musobaqada

Kimlar bilan ishlaganmiz

Davlat tashkilotlari, promouterlar, maydonlar va chipta servislari.

Raqamli texnologiyalar vazirligiYoshlar ishlari agentligiKasbiy Ta’lim AgentligiCAExShow GoBravo OrchestraMstar Co.UzMAMFSxodim.uzGet TicketsEvent ConceptTehnikumITVFTVRobototexnika va muhandislik assotsiatsiyasi

Volontyor so‘rash

Tadbiringiz haqida yozing, biz jamoa bo‘yicha taklif bilan qaytamiz. Odatda bir kun ichida javob beramiz.

Ariza tayyor. Matnni nusxalab, bizga Telegram orqali yuboring, shunda tezroq javob beramiz.

Telegramda yozish